9 Iyul 2024 yil
325
Boysun tumanida aholi o‘rtasida Kiber madaniyatni yuksaltirish maqsadiga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Surxondaryo viloyati Boysun tumanida "Kiber madaniyatni yuksaltirish
oyligi - Cyber month Surxandarya" doirasida ushbu jinoyatlarning oldini olish
bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Ushbu targ‘ibot tadbirida, O‘zbekiston Respublikasi IIV Tezkor qidiruv departamenti
Kiberxavfsizlik markazi, viloyat IIB Tezkor qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘limi
mas’ullari, tuman hokiimi, davlat tashkiloti va idorlari, huquqtartibot organlari
rahbarlari va xodimlari, “mahalla yettiligi” faollari hamda fuqarolari ishtirokida
bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida,
hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlar orqali fuqarolarimiz firibgarlik, o‘g‘rilik va boshqa shu kabi jinoyatlar qurboniga aylanib qolayotganligi haqida so‘z yuritilib, ushbu jinoyat qurboniga aylanmaslik uchun amal qilishi va har xil aldovlarga ishonmasliklari tushuntirildi.