20 Iyun 2025 yil 559

Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari B.Valiev rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan Prezidentning 2025 yil 3 yanvar kunidagi PQ-1-son qarori ijrosi doirasida Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida o‘quv-amaliy seminari tashkil etildi.

Unda, viloyat prokurori B.Babadjanov, viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari X.N.Atanazarov va mas’ul tarmoq xodimlari, prokuraturalari tergovchilari, viloyat IIB tergovchilari, ekspert kriminalistika markazi xodimlari, Respublika sud -tibbiy ekspertiza ilmiy - amaliy Markazi viloyat filiali mutaxassislari ishtirok etishdi.

Tergov sifatini oshirishda muhim axamiyat kasb etgan ushbu o‘quv-amaliy seminarida - “Tergovga qadar tekshiruv va jinoyat ishlarini tergov qilishda axborot tizimlari imkoniyatlaridan foydalanish, elektron dalillarni aniqlash, to‘plash, rasmiylashtirish va ekspertiza o‘tkazish”, “ Ko‘p epizodli, murakkab qotillik jinoyatlarini tergov qilishning o‘ziga xos xususiyatlari”, “Axborot texnologiyalaridan foydalangan holda sodir etilgan jinoyatlar (kiberjinoyatlar)ni fosh etishning o‘ziga xos xususiyatlari”, “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalari kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq jinoyatlar yuzasidan tergov harakatlari o‘tkazishning o‘ziga xos jihatlari”, “Yo‘l transport hodisasi bilan bog‘liq holatlar yuzasidan ko‘zdan kechirish, dalillarni to‘plash va tegishli ekspertizalarni tayinlashda yo‘l qo‘yilayotgan muammolar”, “Dron orqali jinoyatlarni aniqlash va ko‘zdan kechirish tergov harakatini o‘tkazish”, “Suvdan murdalar topilganligi holatlari  yuzasidan hodisa joyini ko‘zdan kechirish va boshqa tergov harakatlari o‘tkazishning o‘ziga xos xususiyatlari”, “O‘z joniga qasd qilish holatlari bo‘yicha hodisa joyini ko‘zdan kechirish, dalillarni rasmiylashtirib olish hamda ekspertiza tekshiruvi uchun taqdim etish tartibi” kabi dolzarb mavzularda malakali mutaxassislarning ma’ruzalari tinglandi.

Yakunida, faoliyati davomida o‘z xizmat vazifalarini vijdonan bajargan, tergov sifatini oshirish, jinoyat ishlari bo‘yicha yetkazilgan moddiy zararlarni undirishda alohida tashabbus ko‘rsatgan bir guruh tergov xodimlar huquqiy adabiyotlar to‘plami, faxriy yorliq va pul mukofotlari bilan munosib taqdirlandi.

Text to speech