20 Oktyabr 2022 yil 825

“Biz zo‘rovonlikka qarshimiz!”

Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining “Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim tizimidagi talaba-qizlar, muassasa va tashkilotlarda ishlovchi xotin-qizlar o‘rtasidagi muloqotning yangi mexanizmini joriy etish to‘g‘risida”gi 2021 yil 28 oktabr kunidagi buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, “Biz zo‘rovonlikka qarshimiz”” mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.

Tadbirda soha xodimlari, Institut professor-o‘qituvchilari va talaba qizlar ishtirok etishdi. Tadbir davomida, talaba qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishib, yana bir karra huquqiy savodxonligini oshirishdi.

Text to speech