15 Noyabr 2022 yil
532
Biz giyohvandlikka qarshimiz!
Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida, yoshlar orasida giyohvand moddalar va psixotrob vositalari tarqalishining oldini olish oyligi munosabati bilan Aniq va tabiiy fanlar fakulteti talabalari bilan davra suhbati o‘tkazildi.
Unda shimoliy mintaqaviy hudud jamoat xavfsizlik xizmati boshlig‘i mayor A.Yakubov, institut profilaktika katta inspektorlari mayor O.Toshtemirov va F.Saidov, Aniq va tabiiy fanlar fakulteti dekan o‘rinbosari B.Jo‘raev ishtirok etib, tadbir mohiyatini tushuntirib berishdi. Shuningdek, talabalar mavzu doirasida o‘ziga qiziq bo‘lgan savollarga javob olishdi.