7 Sentyabr 2021 yil
690
"Birinchi qo'ng'iroq" tadbirlari uyushqoqlik bilan o'tkazildi
Surxondaryo viloyati IIB xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi xodimlari Termiz shahridagi 1-umumiy o'rta ta'lim maktabida "birinchi qo'ng'iroq" tadbirida ishtirok etishdi. Tadbirda maktab o'quvchilarining turizm namoyish ob'ektlariga sayohatga chiqish davrida tarixiy majmualar haqida ma'lumotga ega bo'lishlari uchun xodimlar tomonidan tushuntirish ishlari olib borildi. Shu bilan birga, o'quvchilarga turizm faoliyati aks ettirilgan tarqatma bukletlar ham tarqatildi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati