Bir o'zi kolyaska bilan velosipedni bir vaqtda o'g'irladi
Termiz shahrida 2021 yilning 8 aprel kuni q.A. va q.Z.lar Termiz shahar bo'yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilib, unda 25 mart kuni taxminan soat 17.00 lar chamasida, q.A.ga tegishli uyning pod'ezdida turgan, narxi 800.000 (sakkiz yuz ming) so'mlik 1 dona bolalar aravachasini va q.Z.ga tegishli narxi 1.000.000 (bir million) so'mlik "Ural" rusumli velosipedini noma'lum shaxs o'g'irlab ketganligi ma'lum qilishgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni shaharning "Jomiy" mahallasida yashovchi, D.B. sodir etganligi aniqlanib ushlangan va undan ashyoviy dalil olingan. 10 aprel kuni D.B.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati