14 Iyul 2020 yil
648
Bezoriga nisbatan jinoyat ishi ochildi
Oltinsoy tumanida 2020 yilning 27 iyun kuni taxminan soat 11.00 lar chamasida, tumanning "Mirshodi sahovati oziq-ovqat va dehqon" bozori oldida, shu tumanda yashovchi X.M. qo'shni mahallada yashovchi T.N. ismli ayolni bosh va yuz sohasiga qo'li bilan urib, "sog'lig'ining buzilishiga sababchi bo'lgan engil" tan jarohati etkazgan. Natijada 13 iyul kuni X.M.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati