28 Sentyabr 2024 yil 196

“Barqaror turmush” profilaktik tadbiri doirasida, Termiz shahrida ham targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Joriy yilning 5 sentabr kunidan 5 oktabr kuniga qadar Respublika miqyosida keng qamrovli “Barqaror turmush” profilaktik tadbiri o‘tkazilmoqda.

Shu munosabat bilan "Barqaror turmush" profilaktik tadbiri doirasida, Termiz shahar "Kattabog‘" mahallasida joylashgan 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining yuqori sinf o‘quvchi qizlari ishtirokida, maktabda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini yanada yaxshilash, yoshlar tarbiyasi va ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, voyaga yetmagan yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish mavzularida davra suhbati o‘tkazildi.

Text to speech