Bandixon tumanidagi ta’lim muassasalari mas’ullari o‘rtasida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
Joriy yilning
21 may kuni Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i huzurida o‘tkazilgan videoselektor
yig‘ilishida berilgan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida, Bandixon tumani
IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari J.To‘raev, tuman prokurori o‘rinbosari D.Axmedov,
huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari, tumandagi 43 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablari
direktorlari, ta’lim muassasa masu’llari hamda bitiruvchi sinf rahbarlari ishtirokida
targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Targ‘ibot tadbirida,
ta’lim muassasalarida 25 may “So‘ngi qo‘ng‘iroq” bayram tadbirlarini tinch osoyishta
o‘tkazish, bitiruvchi yoshlarni jamoat joylarida, xonadonlarda kunduzgi va kechgi
bazm, bayram kechalari tashkil qilishining oldini olish, xavfsizlik choralarini
ko‘rish maqsadida maktab mas’ullariga tegishli kursatma va topshiriqlar berildi.
Bundan ko‘zlangan asosiy
maqsad esa bitiruvchi o‘quvchilar o‘rtasida og‘ir oqibatli ko‘ngilsiz holatlarning
oldini olishdir.