Bandixon tumani IIBda joriy yilning 3 oyi yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 8 aprel
kuni Bandixon tumani IIB binosida 2024 yilning 3 oyi davomida tuman hududida huquqbuzarlik
va jinoyatchilikka hamda terrorizmga qarshi kurashish, ularning barvaqt oldini olish,
jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, ijtimoiy-siyosiy
vaziyatni doimiy o‘rganib borish borasida tuman IIB xodimlari tomonidan amalga oshirilgan
ishlar va yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarga bag‘ishlangan tezkor yig‘ilish viloyat
IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Shadiev Sherzod Fayzullaevich huzurida
bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida
joriy yilning o‘tgan davri mobaynida tuman hududida IIB xodimlari tomonidan amalga
oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan xato-kamchiliklar yuzasidan tuman IIB boshlig‘ining
1-o‘rinbosari tomonidan ma’lumot berildi.
Shundan so‘ng, viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.Shadiev
tomonidan yig‘ilish ishtirokchilariga kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan
vazifalar yuzasidan tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.