9 Iyun 2025 yil
393
Bandixon tumani Ichki ishlar bo‘limida “Korrupsiyaga qarshi kurashish dolzarb 10 kunligi” doirasida uchrashuv tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2022 yil 3 martdagi tegishli buyrug‘i va Ichki ishlar vaziri o‘rinbosarining 2025 yil 26 maydagi tegishli farmoyishlari ijrosini ta’minlash maqsadida, 2025 yil iyun oyining birinchi o‘n kunligi mamlakatimiz bo‘ylab, “Korrupsiyaga qarshi kurashish dolzarb 10 kunligi” deb e’lon qilingan.
Shu munosabat
bilan, Bandixon tumani Ichki ishlar bo‘limida uchrashuv tashkil etilib, unda viloyat
ichki ishlar organlarida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash,
ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, ushbu illatga imkon beruvchi sabablar
va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida
rahbar xodimlarning mas’uliyati va javobgarligini yanada oshirish maqsadiga qaratilgan
targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tuman prokurori
o‘rinbosari Mamayusuf Turdimuratov hamda tuman IIB boshlig‘i Ma’naviy-ma’rifiy ishlar
bo‘yicha o‘rinbosari mayor Ernazar Eshmatovlar ishtirok etib, unda tuman IIB shaxsiy
tarkibi tomonidan bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar xususida so‘z
yuritildi.
Shuningdek, xodimlarga “Korrupsiyaga qarshi kurashish hamda korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish” maqsadida tayyorlangan masus ogohlikka chaqiruvchi bukletlar tarqatilib, mas’ul xodimlar tomonidan tushuntirish ishlari olib borildi.