9 Dekabr 2023 yil
819
Bayramga munosib tuhfa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasida identifikatsiya
ID-kartalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmon ijroni ta’minlash
hamda Konstitutsiyamizning 31 yilligi munosabati bilan 8 dekabr kuni tug‘ilgan,
16 yoshdan oshgan bir guruh fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya
ID-kartasi rasmiylashtirib berildi.
Joriy yilning o‘tgan vaqti davomida
tuman migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasi tomonidan 7661 nafar
fuqarolarga Respublikasi fuqarosining identifikatsiya ID-kartasi rasmiylashtirib
berilganligini ta’kidlaydi- Sho‘rchi tuman IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish
bo‘linmasi boshlig‘i kapitan Turg‘un Usanov.