19 Dekabr 2022 yil 359

Angorda profilaktika inspektori tomonidan profilaktik tushuntirish ishlari natijasida fuqaro pnevmatik qurolini IIBga o‘z ixtiyori bilan topshirdi

Surxondaryo viloyati Angor tumani IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi profilaktika katta inspektori kapitan Sh.Avazov tomonidan Angor tumani hududida o‘tkazilayotgan "Xavfsiz hudud" tezkor profilaktik  tadbiri davomida "Sharq guli" mahallasida uyma-uy  yurilib, aholi o‘rtasida profilaktik tushuntirish ishlari natijasida shu mahallada yashovchi S.Ch. o‘ziga tegishli bo‘lgan PM nomli Pnivmatik qurolini o‘z ixtiyori bilan tuman IIBga olib borib topshirdi.

Text to speech