4 Mart 2022 yil 402

Angor va Qiziriq tumanlari Ichki ishlar organlarida xizmat va ijro intizomi, tanqid va tahlil qilindi

Joriy yilning 3-4 mart kunlari Angor hamda Qiziriq tumanlarida xizmat olib borayotgan ichki ishlar bo‘limi xodimlari o‘rtasida, qonunchilikka rioya qilish, korrupsiyaning oldini olish, ta’magirlikka yo‘l qo‘ymaslik va boshqa masalalarda yig‘ilish o‘tkazildi.
Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik A.S.Ismoilov huzurida o‘tkazilgan ushbu yig‘ilishda, boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari podpolkovnik I.Tursunov, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik U.O‘tayev, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik O.Ro‘ziqulov, Angor tumani IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari podpolkovnik D.Qurbonov, Qiziriq tumani IIB boshlig‘i podpolkovnik G‘.Xo‘jamqulovlar ishtirok etishdi.
O‘tkazilgan mazkur yig‘ilishda, eng asosiy masala ichki ishlar organlarida xizmat intizomi va qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish, xodimlar bilan bog‘liq salbiy holatlarning oldini olish, xodimlar tomonidan tamagirlikka yo‘l qo‘ymaslik masalasi muhokama qilindi.
Yig‘ilishda so‘zga chiqqan boshqarma boshlig‘i A.S.Ismoilov, Ichki ishlar organlarida amalga oshirilayotgan tub islohotlar, bunda ichki ishlar sohasini xalq manfaatlariga o‘z vaqtida va sifatli yordam ko‘rsatadigan, har bir xodim ichki ishlar organlari xizmatiga kirish oldidan qilgan qasamyodiga sodiq qolgan holda Vatan tinchligi va xalq osoyishtaligini ta’minlash yo‘lida sadoqat bilan xizmat qilishi zarurligi bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri ekanligini ta’kidladi.
Shuningdek, xodimlar tomonidan yo‘l qo‘yib kelinayotgan kamchiliklar, xususan xizmat intizomiga rioya etmaslik, o‘ziga yuklatilgan vazifalarga mas’uliyasizlik bilan munosabatda bo‘lish, eng achinarlisi, turli ko‘rinishdagi tamagirlik, zo‘ravonlik va boshqa jinoyatlar sodir etilayotganligi, shu bilan bir qatorda hududlarda fuqarolar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik ishlarning yetarli darajada olib borilmayotganligi qattiq tanqid ostiga olindi.
Shu bilan birga, har bir ichki ishlar organi xodimlari bilan suhbat o‘tkazilib, ularni qiynab kelayotgan muammolar o‘rganilib, mahalliy hokimlik ko‘magida ularning ijobiy yechimini yechish bo‘yicha tegishli choralar belgilab olindi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Text to speech