4 Avgust 2023 yil 239

Angor tumanida sektor rahbarlarining profilaktika inspektorlari bilan uchrashuvi o‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan haftaning har payshanba kuni “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” etib belgilangan.

Shu munosabat bilan bugun Angor tumani hokimi Qosim Mardonov, tuman prokurori Sirojiddin Ramazonov, Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i S.Choriev hamda profilaktika inspektorlari ishtirokida jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarlikning oldini olish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar tanqidiy-tahliliy muhokama qilinib, istiqboldagi vazifalar belgilab olindi.

Text to speech