8 Avgust 2022 yil 541

Angor tumanida navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.

Sayyor qabulda Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, podpolkovnik Ikrom Tursunov, tuman hokimi Shohjahon Abdullaev, tuman IIB boshlig‘i Sodiq Choriev va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

Qabul davomida fuqarolarning 78 ta murojaati qabul qilindi. 14 ta murojaat joyida o‘z yechimini topdi. 19 ta murojaat bo‘yicha huquqiy maslahatlar berildi.

Vaqt va o‘rganish talab etiladigan 45 ta murojaat bo‘yicha tegishli tashkilot rahbarlariga ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Text to speech