26 Oktyabr 2024 yil
358
Angor tumanida Ichki ishlar organlari xodimlari sharaflandi
Angor tuman hokimligi binosida Ichki ishlar organlari tashkil etilganining 33 yilligi hamda 25-oktabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.
Bayram tadbirida samarali xizmatlari uchun taqdirlangan bir guruh xodimlarga Angor tuman hokimligi va tuman ichki ishlar bo‘limining faxriy yorliqlari, qimmatbaho va esdalik sovg‘alari tantanali topshirildi.