Angor tumani IIBda “Saylov huquqi: inson qadriga yuksak e’tibor” mavzusida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i
tomonidan 2024 yil 10 avgust kuni tasdiqlangan farmoyishga asosan, joriy yilning 20 avgust kuni Angor tumani IIB shaxsiy tarkibi bilan
saylov tizimining o‘ziga xos xususiyatlari va siyosiy partiyalar to‘g‘risida o‘quv
yig‘ini tashkil etildi.
O‘tkazilgan
o‘quv yig‘inida, Surxondaryo viloyati IIB Tashkiliy boshqarma
boshlig‘ining yuridik masalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.Djalilov, Surxondaryo
viloyati Adliya boshqarmasi mas’ul xodim S. Sayfidinovlar
ishtirok etishdi.
Mazkur o‘quv yig‘inida Surxondaryo
viloyati Adliya boshqarmasi mas’ul xodim S. Sayfidinovning O‘zbekiston Respublikasi
saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirishlar haqidagi ma’ruzasi tinglanib, xodimlarning yangi saylov
tizimining o‘ziga xos xususiyatlari va siyosiy partiyalar to‘g‘risidagi bilim va
malakasini oshirishga qaratildi.