Angor tumani IIBda “Intizom oyligi” doirasida, tuman IIB faxriylar kengashining hisobot-saylov yig‘ilishi hamda “Uch avlod” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Nuroniylarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirishga
doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2022 yil 15 mart kunidagi PQ-167-son
Qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2021 yil 15 iyul kunidagi
buyrug‘i talablari asosida, joriy yilning 20 iyun kuni viloyat IIB rahbariyati,
viloyat IIB Faxriylar kengashi, Angor tumani IIB Faxriylari va tuman IIBda xizmat
olib borayotgan xodimlar hamda IIV Surxondaryo akademik litseyining tuman IIBda
amaliyot o‘tayotgan o‘quvchilari ishtirokida Angor tumani IIB Faxriylar kengashining
hisobot-saylov yig‘ilishi va “Uch avlod” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish avvalida, tuman IIB boshlig‘ining Ma’naviy-ma’rifiy
ishlar bo‘yicha o‘rinbosari podpolkovnik O‘ktam Shukurov so‘zga chiqib, bugungi
kunda muhtaram Prezidentimiz, Ichki ishlar vazirligi hamda viloyat IIB tomonidan
Faxriylarga yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida to‘xtalib, bugungi kunda faxriylar
bilan ishlash tizimi yangi bosqichga ko‘tarilayotganligini alohida ta’kidlab, tuman
IIBda xizmat olib borayotgan xodimlarga xizmat intizomiga qat’iy rioya etishlari,
shuningdek, IIVning tegishli farmoyishiga asosan, joriy yilning 1 iyun kunidan
30-iyun kuniga qadar IIOda “Intizom oyligi” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan,
har bir xodim ushbu oylikda faol ishtirok etishlari haqida topshiriqlar berdi.
Yig‘ilish davomida Angor tumani IIB Faxriylar kengashi
raisi lavozimiga nomzod ko‘rsatilib, yig‘ilish qatnashchilari tomonidan Faxriylar
kengashi raisi etib, iste’fodagi mayor Abdug‘affor Begimqulov bir ovozdan ma’qullandi.
Angor tumani IIB Faxriylar kengashi raisi lavozimiga tayinlangan
iste’fodagi mayor A.Begimqulov “O‘zbekiston Respublikasiga sadoqat bilan xizmat
qilishi”ni ta’kidlab, mas’uliyatli va sharafli vazifaga tayinlanganligi, bu borada
amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar hususida o‘z fikrini qisqacha bildirib
o‘tdi.
Shuningdek, ushbu tadbir “Uch avlod” uchrashuviga ulanib
ketdi.
Bunda keksa avlod vakillari faxriy ustozlar so‘zga chiqishib,
tuman IIBda xizmat olib borayotgan yosh xodimlarga pand-nasihatlar berib, xizmat
intizomiga qat’iy rioya etishlari, fuqarolar bilan hushmuomala bo‘lishlari qolaversa
har bir murojaatga mas’uliyat bilan yondoshib, vaziyatni to‘g‘ri baholagan holda
xizmat olib borishlari to‘g‘risida maslahatlar berishdi.
Yig‘ilish so‘ngida, tuman IIBning bir
qator faol faxriylariga viloyat IIB boshlig‘ining Faxriy yorliqlari va esdalik sovg‘alari
tantanali ravishda topshirildi.