5 Mart 2025 yil
1025
Angor tumani ichki ishlar bo‘limida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.
Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ning 2025 yil 10 fevral kunidagi tegishli ko‘rsatmasida belgilangan reja-grafik asosida, joriy yilning 05 mart kuni Angor tumani ichki ishlar bo‘limida xizmat olib borayotgan xodimlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.
Qizg‘in va murosasiz kechgan baxslarning yakuniy natijalarga
ko‘ra 3-o‘rinni “Lochinlar” jamoasi, 2-o‘rinni “Qalqon” jamoasi qo‘lga kiritgan
bo‘lsa, musobaqaning mutloq g‘olibi bo‘lgan holda 1-o‘rinni “Yosh akademiklar” jamoasi
qo‘lga kiritib, g‘oliblar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.