4 Yanvar 2022 yil 747

Aldov yo'li bilan o'rmon xo'jaligiga tegishli bo'lgan yerni pullamoqchi bo'ldi

Denov tumanida 2021 yil 6 dekabr kuni viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshvarmasi Korruptsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash bo'limi xodimlari tomonidan tumanning "Jomiy" mahallasi hududida, Sariosiyo tumanida yashovchi, A.Asomiddinning (ism shariflar o'zgartirilgan) arizasiga asosan o'tkazilgan tadbir davomida, tumanning "Pojur" mahallasida yashovchi, J.Bahrom mahallasi hududida joylashgan O'rmon xo'jaligiga tegishli bo'lgan 15 sotix yer maydonini o'ziga tegishli ekanligini hamda kadastr hujjatlarini jami 105.000.000 (bir yuz besh million) so'm pul evaziga rasmiylashtirib berishni va'da qilib, A.Asomiddindan 30.000.000 (o'ttiz million) so'm pullarini olayotganida tezkor tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 16 dekabr kuni J.Bahromga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech