27 May 2023 yil
351
9-son tergov hibsxonasida “Zakovat” intellektual o‘yini g‘oliblari taqdirlandi.
O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2023 yil 11 aprel kunidagi “Ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz!” shiori ostida “Ma’naviyat oyligi”ni o‘tkazish to‘g‘risida”gi Farmoyishi ijrosini ta’minlash yuzasidan 9-son tergov hibsxonasida 2023 yil 27 may kuni “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Mazkur intellektual o‘yin xodimlarda vatanparvarlik ruhini kuchaytirish, bilimi va zakovatlarini oshirish hamda xizmat davomida muvaffaqiyatlarga erishishlariga xizmat qiladi.
Ushbu tadbirda hibsxonaning 35 nafar xodimlari ishtirok etishib, 1-o‘rinni olgan “Vatanparvar” jamoasi estalik sovg‘alar bilan munosib taqdirlandi.