6 May 2023 yil 335

9-son tergov hibsxonasida “IIO kutubxonasiga bir juft kitob aksiyasi” o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2023-yil 11-aprel kunidagi “Ichki ishlar organlarida vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish-oliy burchimiz!” shiori ostida “Ma’naviyat oyligi”ni o‘tkazish to‘g‘risidagi farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida, 9-son tergov hibsxonasida “IIO kutubxonasiga bir juft kitob aksiyasi” doirasida hibsxona shaxsiy tarkibi ishtirokida  “Kitob yarmarkasi”  tashkil etilib  xodimlar tomonidan hibsxona kutubxonasi fondiga o‘ziga qiziq bo‘lgan 154 dona kitoblar jamlanmasini hibsxona kutubxonasiga sovg‘a tariqasida taqdim etishdi.

Shuningdek xodimlarga yarmarka jarayonida IIVning tegishli buyrug‘i talablari asosida IIO xodimlari o‘qishlari uchun tavsiya etilgan kitoblar haqida ma’lumotlar berildi.

Text to speech