11 May 2021 yil 462

9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan 17 nafar mahkum jazoni o'tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi.

Jinoyat ishlari bo'yicha Termiz shahar sudida Termiz shahar bo'yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi Probasiya guruhi hisobida jazo o'tab turgan 17 nafar mahkumni jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish yuzasidan kiritilgan taqdimnomalar ko'rib chiqildi.
Mamlakatimizda sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini, fuqarolar huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta'minlash hamda Odil sudlovga erishish maqsadida keng qamrovli islohotlar jadallik bilan amalga oshirib kelinmoqda.
Davlatimiz rahbarining 2020 yil 24 iyuldagi "Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va Odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Farmoni O'zbekiston sud hokimiyatining tom ma'nodagi mustaqilligi va xolisligiga erishish, uni rivojlangan demokratik mamlakatlar tajribasida o'zini oqlagan xalqaro standartlarga moslashtirish, jamiyatda qonuniylikni ta'minlash yo'lidagi muhim qadam sanaladi.
Sud-huquq tizimida amalga oshiriladigan barcha ishlar zamirida qonun ustuvorligini ta'minlash, Odil sudlovga erishish kabi ezgu g'oyalar yotadi. Aynan inson va adolatli sud o'rtasidagi o'zaro munosabatlarda qonuniylikni va adolatni ta'minlaydigan harakatlar zamirida xalqimizning osoyishta hamda rozi bo'lib yashash huquqi turibdi.
Insonparvarlik tamoyiliga tayanib, 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan bayram arafasida Termiz shahar bo'yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi Probasiya guruhi hisobida turib, haqiqatda mehnatga halol munosabatda bo'lgan va jazo o'tashning tartib qoialariga rioya qilib, tuzalish yo'liga o'tgan, sudlar tomonidan o'rnatilgan taqiq va cheklovlarga to'liq roiya qilgan, o'zining hulqini ijobiy tomonga o'zgartirgan 17 (o'n etti) nafar shaxslar O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73-moddasiga asosan muddatidan ilgari o'tayotgan jazolaridan shartli ravishda ozod qilindi.
Bu bilan sud, sodir etgan jinoyatining oqibatlarini to'la anglab etgan va axloqan tuzalish yo'liga o'tgan mahkumlarga imkon berilganligi halqimizning kechirimlilik va bag'rikenglik kabi azaliy qadriyatlarining ruyobga chiqarilishi bilan bir qatorda jazodan ozod etilgan shaxslarning jamiyatda o'z o'rnini topishda, oila a'zolari, farzandlari, shuningdek jazodan ozod qilingan shaxslarning oilalarda tinchlik-xotirjamlikni ta'minlash bilan birga, el-yurt taraqiyoti uchun munosib xissa qo'shishlariga yana bir imkon yaratdi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech