9 fevral (1441 yil)- Alisher Navoiy tavallud topgan kun.
Alisher Navoiy – buyuk shoir va mutafakkir, davlat arbobi. To'liq ismi Nizomiddin Mir Alisher. Navoiy tahallusi ostida Chig'atoy (eski o'zbek tili) hamda forsiyda (fors tilidagi asarlarida) ijod qilgan. G'arbda Chig'atoy adabiyoti hisoblanmish o'zbek adabiyotining eng yirik namoyondasi. Umuman olganda, butun turkiy xalqlari orasida u kabi yirik shaxs yo'qdir.
Alisher Navoiy butun hayoti davomida adabiy asarlarni siyosat bilan birlashtirgan. Yuqori mansabga ega shaxs bo'la turib, u mamlakat hayotining ijtimoiy-iqtisodiy takomillashishiga katta hissa qo'shgan; ilm, fan, san'at rivojiga homiylik qilgan; tinchlik va totuvlik hukmron surishiga doim harakat qilgan.
Alisher Navoiy merosi mavzu va janrlari bo'yicha turlidir. Uning asarlari XV asrdan hozirgi kungacha o'zbek adabiyoti rivoji uchun xizmat qilib kelmoqda. Asrlar davomida uning asarlari taqlid va Ilhom manbai bo'lib hisoblanib kelgan.