2 Fevral 2022 yil 466

3-sektor rahbari yoshlar bilan uchrashdi

Sherobod tumani "Nurtepa" mahallasida joylashgan 70-sonli umumta'lim maktabida 3-sektor rahbari, tuman ichki ishlar bo'limi boshlig'i podpolkovnik O'.R.Shukurov va yoshlar ishlari agentligi tuman bo'limi mas'ul xodimi A.Do'snaev va boshqa tegishli mas'ullar ishtirokida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda mahalla yoshlari qatnashdi. Ochiq muloqot tarzida bo'lib o'tgan uchrashuvda yoshlarni qiynab kelayotgan muammolar, taklif va tashabbuslari atroflicha tinglandi. Shuningdek mas'ullar "Kattabog'" mahallasida istiqomat qiluvchi S.Mo'minov hamda "Nurtepa" mahallasida yashovchi B.Normamatovning tadbirkorlik faoliyati bilan yaqindan tanishdi va yosh tadbirkorlarga kelgusida ushbu faoliyat turini kengaytirish bo'yicha takliflarini berib o'tishdi.

 Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech