27 Sentyabr 2022 yil
640
27 sentabr – Butunjahon turizm kuni
Surxondaryo viloyatida 561 ta madaniy meros ob’ekti davlat ro‘yxatiga olingan. Ularning 444 tasi arxeologik yodgorliklar, 32 tasi islom ziyorat turizmi va 8 tasi buddizm inshootlaridir.
Joriy yilning 8 oyida 128 ming 300 nafar chet ellik va 593 ming nafar mahalliy turistlar voha bilan yaqindan tanishdi. Eksport hajmi 21,6 million dollarga oshdi.
Ayni paytda viloyatimizda 54 mehmonxona, 152 ta oilaviy mehmon uylari, 8 ta xostel sayyohlarga xizmat ko‘rsatmoqda. Shuningdek, yangi yilgacha yana 13 ta, kelgusi yil 44 ta yangi mehmonxona ishga tushiriladi.