25 oktabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan faxriylar holidan xabar olindi
Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Abduvohid Ismoilov boshchiligida
Angor tumani IIB boshlig‘i podpolkovnik S.Choriev hamda Angor tumani IIB Faxriylar kengashi
raisi iste’fodagi mayor Abdug‘affor Begimqulovlar 25 oktabr
– Ichki ishlar organlari xodimlari kuni bayrami munosabati bilan uzoq yillar
ichki ishlar organlari tizimida xizmat qilib hozirgi kunda keksalik gashtini surayotgan
angorlik faxriylar iste’fodagi
mayor Bekmurod Mengliev, iste’fodagi kapitan Alisher Massiev, iste’fodagi podpolkovnik
Cho‘tboy Abdurahmonovlarning xonadonlariga tashrif buyurildi.
Tashrif davomida,
o‘tgan damlar yodga olinib, esdalik suratlar jam bo‘lgan fotoalbomlar ko‘zdan kechirilib,
o‘tmish va bugungi kundagi shart-sharoitlar, xalqning dardu tashvishilari-yu, tinchligini
asrab- avaylash haqida dildan suhbatlar qurildi.
Bayram munosabati
bilan xonadon sohiblariga samimiy ezgu tilaklar bildirildi.
Surxondaryo
viloyati IIB Axborot xizmati