14 Yanvar 2021 yil 693

101 yoshli Nuroniy xonadonida

Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Xurram bobo Murtozaev ayni damda 101 yoshni qarshilagan keksa nuroniylarimizdan. Ko'p yillar ichki ishlar tizimida mehnat qilgan. Viloyat IIB tomonidan har bayramda I guruh nogironi bo'lgan keksa otaxonning holidan xabar olinadi.
Bu yilgi 14 yanvar — Vatan himoyachilari kunida ham nuroniyning holidan xabar olish uchun viloyat IIB tibbiyot bo'limi vakillari u kishining xonadonida bo'lishdi.
U erga tibbiyot bo'limi poliklinikasi boshlig'i, mayor A.Tursunov hamda umumiy amaliyot shifokori o.Marchenkolar tashrif buyurib, otaxonni bayram bilan tabriklashib zarur dori-darmonlarni etkzishdi.
Nuroniyning salomatligi doimiy nazoratda bo'lib, viloyat sog'liqni saqlash boshqarmasi tomonidan alohida hamshira ham biriktirilgan. Hamshira otaxonning sog'ligidagi o'zgarishlarni kuzatib, shifokorlarni o'z vaqtida xabardor qilib turishadi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech