“1 oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bayrami munosabati bilan Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Ismoilov Abduvohid Salomovichning bayram tabrigi
Mehri daryo, qalbi qaynoq,
Aziz va Muhtaram ustozlar!
Avvalo, Siz azizlarni, sizlarning timsolingizda ustoz degan sharafli
nomni ulug‘lab kelayotgan barchani “O‘qituvchi
va murabbiylar kuni” bilan samimiy tabriklayman.
Bugun ushbu ayyomda qadrdon maktabimiz, bizga harf o‘rgatgan,
ezgulikdan saboq bergan mehribon muallimlarimiz siymosi ko‘z oldimizda
gavdalanadi. Biz uchun ibrat namunasi, yuksak insoniy fazilatlar timsoli
bo‘lgan aziz va mo‘tabar zotlar sha’niga eng go‘zal so‘zlar, ezgu
tilaklarimizni izhor etamiz.
Zero, millatning, xalqning ertasi, taraqqiyoti aziz ustozlar qo‘lida!
Dunyodagi rivojlangan, zamonaviy davlatlari qatoridan munosib o‘rin
egallash avvalo ilm-fan va ta’lim-tarbiya sohasining rivoji bilan amalga
oshiriladi.
Shunday ekan bunday oliyjanob vazifani ado etish yo‘lida sizlardan
yuksak matonat va jasorat talab etiladigan kasbingiz yo‘lida omad yor bo‘lsin!.
Muhtaram ustoz va murabbiylar!
Yana bir bor Sizlarni ushbu qutlug‘ kun bilan tabriklab, barchangizga
uzoq umr, baxt-saodat, xonadoningizga fayzu-baraka, barkamol avlodni voyaga
yetkazishdagi ezgu ishlaringizga ulkan zafarlar tilayman!
Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik A.S.Ismoilov