1 Iyun 2024 yil
566
“1-iyun-Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan bolalar uyi tarbiyalanuvchilarining holidan xabar olindi.
Joriy yilning 1 iyun kuni Surxondaryo
viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasining tashabbusi bilan Termiz shahrida joylashgan
1-sonli oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilarining holidan xabar olindi.
Ushbu xonadonda tarbiya topayotgan
bolalarni bayram bilan tabriklash hamda ularning muammolarini, yashash sharoitlarini,
sog‘ligini o‘rganish maqsadida, viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik X.N.Atanazarov
tashrif buyurib, bolalarni bayram munosabati bilan tabriklab, ular bilan yashash
sharoitlari, orzu umidlari bilan qiziqib, samimiy suhbatlar qilishdi.
Shundan so‘ng bolalarga bayram sovg‘alari ulashilib, bolalarning bu kabi savobli
ishlardan ko‘ngillari shod bo‘lib, o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.