29 Oktyabr 2025 yil
616
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot fakultetida profilaktik suhbat tashkil etildi.
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot fakultetida Termiz shahar Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik M. Boltayev ishtirokida “Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish” mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda
universitet profilaktika inspektori, podpolkovnik Sh. Allayarov, “Bog‘ishamol”
mahalla fuqarolar yig‘ini yettiligi, universitet ma’muriyati hamda talabalar
ham ishtirok etishdi.
Uchrashuvda talabalar o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirish, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlarni yot g‘oyalardan asrash hamda ularning ijtimoiy faolligini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.