29 Oktyabr 2025 yil
686
Termiz davlat pedagogika instituti talabalari va ularning ota-onalari bilan uchrashuv o‘tkazildi
Kuni kecha Termiz davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat va san’at fakultetida 1-bosqich talabalarning ota-onalari bilan yig‘ilish tashkil etildi.
Uchrashuvda fakultet dekani Sh.
Xudoyberdiev, profilaktika inspektorlari S. Amanov, B. Allaberdiev, dekan o‘rinbosarlari,
kafedra mudirlari, o‘qituvchilar va tyutorlar ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida talabalarning kiyinish madaniyati, odob-ahloqi, tartib-intizomi, mobil aloqa vositalaridan to‘g‘ri foydalanish, darslarga qatnashish, kitob o‘qish odatini shakllantirish va ota-onalarning farzand tarbiyasidagi nazorati masalalari muhokama qilindi.