Surxondaryo viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlarida xizmat o‘tayotgan xodimlar o‘rtasida sportning “Sambo” turi bo‘yicha viloyat birinchiligi musobaqasi o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV “Dinamo” Jismoniy tarbiya va sport jamiyati Surxondaryo viloyat Kengashining kalendar rejasiga asosan 2025 yilning 30-31 oktabr kunlari Termiz shaxridagi viloyat Olimpiya va paralimpiya sport turalariga tayyorlash markazining sport majmuasida sportning “Sambo” turi bo‘yicha Surxondaryo viloyati Huquqni muhofaza qiluvchi organlarida xizmat o‘tayotgan xodimlar o‘rtasida viloyat birinchiligi musobaqasi o‘tkazildi.
Sport musobaqasi murosasiz baxslarga boy bo‘lib, Surxondaryo viloyatida xizmat o‘tayotgan Surxondaryo viloyati Milliy gvardiyasi boshqarmasi, Ichki ishlar boshqarmasi, Davlat xavfsizligi xizmati boshqarmasi, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, DXX Chegara qo‘shinlari xodimlaridan iborat 5ta terma jamoadan jami 50
nafar sportchilar katnashdi.
Xalqaro toifadagi hakamlar tomonidan baholab borilgan ushbu nufuzli musobaqa
natijalariga ko‘ra 1 o‘rinni Surxondaryo
viloyati IIB terma jamoasi, 2 o‘rinni
Surxondaryo viloyati Favqulotda vaziyatlar boshqramasi
terma jamoasi, 3 o‘rinni esa Davlat xavfsizligi xizmat
chegara qo‘shinlari terma jamoasi qo‘lga
kiritishdi.
G‘oliblar O‘zbekiston Respublikasi IIV “Dinamo” JTSJ Surxondaryo viloyati
Kengashi tomonidan diplom, medal va qimmatbaxo esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Shu o‘rinda aytish joizki “Dinamo” jismoniy tarbiya va sport jamiyati qoshida tashkil etilgan “Kurash”, “Erkin kurash”, “DZYuDO”, “Qo‘l jang”, “Triatlon”, “Futbol” , “Yunon-Rum kurashi”, “Kombat aykido” “Voleybol” to‘garaklarida hozirgi kunda jami 427 nafar o‘smirlar muntazam shug‘ullanishib respublika va xalqaro musobaqalarda munosib o‘rinlarni egallashmoqda