11 Noyabr 2025 yil 87

“Keksalar uchun turizm oyligi” doirasida Sariosiyo tumani IIB faxriylari va xodimlari ishtirokida “uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Keksalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tabdirlari to‘g‘risida” 2020-yil 28-maydagi 340-son qarori va IIVning joriy yil 31-oktabrdagi 2/5769-son ko‘rsatmasiga asosan, ichki ishlar organlarida joriy yilning 1-noyabrdan 30-noyabr kuniga qadar, “Keksalar uchun turizm oyligi” deb e’lon qilinib, bir qator chora-tadbirlar belgilangan.

Shu boisdan, joriy yilning 11-noyabr kuni Sariosiyo tumani Ichki ishlar bo‘limida "Uch avlod uchrashuvi" ma’rifiy tadbiri tashkil etildi.

Uchrashuvda so‘zga chiqqan nafaqadagi podpolkovnik S.Qosimov xodimlarga Prezidentimiz tomonidan yaratib berilayotgan sharoit va imkoniyatlar natijasida ichki ishlar xodimlarining bugungi kundagi nufuzi, moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy sa’yi-harakatlardan samarali foydalanishlari va qadrlashlari borasida so‘z yuritib, o‘zlarining boy tajribalari asosida faoliyat olib borishlari yuzasidan nasihatlarini berib o‘tishdi.

Text to speech