“Keksalar turizm oyligi” doirasida, Patrul-post xizmati bataloni xodimlari tomonidan ichki ishlar faxriylariga sayohat tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Keksalarni davlat tomonidan
qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tabdirlari
to‘g‘risida” 2020-yil 28-maydagi 340-son qarori va IIVning joriy yil 31-oktabrdagi
tegishli ko‘rsatmasiga asosan, ichki ishlar organlarida joriy yilning 1-noyabrdan
30-noyabr kuniga qadar, “Keksalar turizm oyligi” deb e’lon qilinib, bir qator chora-tadbirlar
belgilangan.
Shu bois, mazkur ko‘rsatma ijrosini ta’minlagan holda, joriy yilning
13-noyabr kuni Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat
tartibini saqlash boshqarmasi Patrul-post xizmati batalonining bir guruh faxriylari
va xodimlari uchun, Termiz tumanida joylashgan “Al-Hakim at-Termiziy” tarixiy yodgorliklariga
sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida soha faxriylari va xodimlarga mas’ullar tomonidan yodgorliklar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.