“Keksalar turizm oyligi” doirasida Termiz shahar IIB rahbariyati hamda viloyat IIB Tibbiyot bo‘limi xodimlari tomonidan ichki ishlar faxriylari holidan xabar olinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Keksalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tabdirlari to‘g‘risida” 2020-yil 28-maydagi 340-son qarori va IIVning joriy yil 31-oktabrdagi 2/5769-son ko‘rsatmasiga asosan, ichki ishlar organlarida joriy yilning 1-noyabrdan 30-noyabr kuniga qadar, “Keksalar turizm oyligi” deb e’lon qilinib, bir qator chora-tadbirlar belgilangan.
Shu bois, mazkur ko‘rsatma ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning
13-noyabr kuni Termiz shahar ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati hamda viloyat
IIB Tibbiyot bo‘limi xodimlari hamrohligida Termiz shahrida istiqomat qilib kelayotgan
78 yoshni qarshilagan istefodagi podpolkovnik Raxim bobo Bozorboevning xonadonida
bo‘lib, faxriyning holidan xabar olinib, dildan suhbat qilindi.
Suhbat asnosida, viloyat IIB Tibbiyot bo‘limining
tajribali shifokorlari tomonidan tibbiy ko‘rik ham o‘tkazilib, kerakli tavsiyalar
berildi.
Bu kabi tadbirlar viloyatimiz bo‘ylab keng miqyosida davom ettirilmoqda.