30 Oktyabr 2025 yil
145
Yo‘l harakati xavfsizligi – barchamizning burchimiz!
Yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirish va xavfsiz hayot tarzini shakllantirish maqsadida yo‘l harakati xavfsizligiga bag‘ishlangan profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda
Viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari
— safdor H.Abrayqulov, leytenant E.Chorshanbiev, shuningdek, institut profilaktika
inspektorlari ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida talabalarga yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, hamda transport vositalaridan foydalanishda mas’uliyatli bo‘lish zarurligi haqida batafsil ma’lumot berildi.