Bandixon tumanida migratsiyaga ketish istagini bildirgan xotin-qizlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Aholini ish bilan ta’minlash, ularni qonuniy va xavfsiz mehnat migratsiyasiga yo‘naltirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, fuqarolarni xorijga chiqmasdan, o‘z yurtida munosib ish bilan ta’minlash imkoniyatlari yaratilayotgani haqida tushuntirish ishlari izchil olib borilmoqda.
Shu maqsadda, kuni kecha Bandixon tumanida migratsiyaga ketish istagini
bildirgan xotin-qizlar bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi..
Uchrashuvda Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar
boshqarmasi boshlig‘i Zulxumor Xidirova, tuman hokimi Abdumalik Allamuradov hamda
viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi
boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik O‘roltosh Eshimovalar ishtirok etib, xotin-qizlarga qonuniy mehnat migratsiyasi
jarayonlari, kasb va xorijiy tillarni o‘rganish imkoniyatlari haqida atroflicha
ma’lumot berdi.
Ishtirokchilarga xorijda ishlashning xavfsiz yo‘llari, noqonuniy migratsiyaning
oqibatlari haqida tushuntirishlar o‘tkazildi. Shuningdek, ishtirokchilarning murojaatlari
tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar mutasaddilariga vazifalar
belgilab berildi.
Uchrashuvda xotin-qizlarga o‘z yashash manzillarida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari taklif qilinib, ularning Vatanda qolib, munosib mehnat orqali oila farovonligini ta’minlashlari mumkinligi ta’kidlandi.