25 Avgust 2022 yil 96

Jarqo‘rg‘onlik qidiruvdagi shaxs Toshkent shahrida qo‘lga olindi

Jarqo‘rg‘on tumanida 2022 yil 6 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismida, ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan qidiruvda bo‘lgan, ehtiyot chorasi sifatida “qamoq” qo‘llanilgan, shu tumanda yashovchi, O.Zoxid (ism sharif o‘zgartirilgan) 10 avgust kuni Toshkent shahrida xizmat safarida bo‘lgan tuman IIB Jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan Toshkent shahar Chilonzor tumani hududida yurganligi aniqlanib, ushlangan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech