23 Avgust 2022 yil 70

Jarqo‘rg‘onda pul o‘g‘risi qo‘lga olindi

Jarqo‘rg‘on tumanida 2022 yil 3 avgust kuni, tumanning “G‘ur G‘ur” mahallasida yashovchi, R.Sanambonu (ism shariflar o‘zgartirilgan) tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda shu kuni tuman kasalxonasida so‘mkasida bo‘lgan 623.000 (olti yuz yigirma uch ming) so‘m pulini noma’lum shaxs o‘g‘irlab ketganligini bildirgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida, ushbu o‘g‘irlik  jinoyatini, shu tumanda yashovchi, O.Shukur sodir etganligi aniqlanib, ashyoviy dalil olingan. 11 avgust kuni O.Shukurovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech