14 May 2022 yil 30

Jarqo‘rg‘onda yashash xonadoni derazasida turgan telefon o‘g‘irlandi

Jarqo‘rg‘on tumanida 2022 yil 4 may kuni tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limining xabariga ko‘ra, tumanning “Navro‘z” mahallasida yashovchi, S.Botir (ism shariflar o‘zgartirilgan) tuman IIBga murojaat qilib, unda 26 mart kuni yashash uyi derazasida turgan 2.500.000 (ikki million besh yuz ming) so‘mlik “Realme C 11” rusumli telefonini noma’lum shaxs o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida, ushbu o‘g‘irlik jinoyatini shu tumanda yashovchi, Sh.Eson sodir etganligini aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalil olingan. 4 may kuni Sh.Esonga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech