23 Iyul 2021 yil 71

Yo'lovchi pullarni o'g'irlagani ma'lum bo'ldi

Boysun tumanida 2021 yil 14 iyul kuni Oltinsoy tumani "Olmazor" mahallasida yashovchi, A.Sherzod viloyat ichki ishlar boshqarmasining "102" xizmatiga murojaat qilib, o'ziga tegishli bo'lgan Neksiya-1 rusumli avtomashinasida Toshkent shahridan Denov tumaniga qaytib kelayotganida yo'lda, avtomashina bardachogida turgan, 3.500.000 (uch million besh yuz ming) so'm pullarini o'g'irlatib qo'yganligini ma'lum qilgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida, ushbu o'g'irlik jinoyatini avtomashinada yo'lovchi sifatida ketayotgan, Denov tumani "Bog'ieram" mahallasida yashovchi, yu.Og'abek sodir etganligi aniqlanib ushlangan va undan ashyoviy dalil olingan. 16 iyul kuni yu.Og'abekka nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech