14 Sentyabr 2021 yil 40

Uzun tumanida giyohfurushga jinoyat ishi qo'zg'atildi

Uzun tumanida 2021 yil 6 sentyabr kuni tuman IIB va DXX tuman bo'limi xodimlari hamkorligida, tumanning "Do'stlik" mahallasi hududida o'tkazilgan tezkor tadbir davomida, shu mahallada yashovchi, M.Sayfulloning yashash uyi ko'zdan kechirilganida, uyida sof vazni, 2.92 gramm "gashish" giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan. 8 sentyabr kuni M.Sayfulloga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech