8 Avgust 2022 yil 5

Uy ichidagi sandiqdan pul o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi

Boysun tumanida 2022 yil 24 iyul kuni tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasining xabariga ko‘ra, tumanning “Bibishirin” mahallasida yashovchi, D.Diyora (ism shariflar o‘zgartirilgan) “102” ga qilgan murojaatida, 13 iyul kuni noma’lum shaxs yashash uyi eshigi ochiqligidan foydalanib, uy ichidagi sandig‘idan 10 000 000 (o‘n million) so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida, ushbu o‘g‘irlikni shu tumanda yashovchi, E.Akmal sodir etganligi aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalil olingan. 24 iyul kuni E.Akmalga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech