6 Oktyabr 2021 yil 63

Termiz shahrida telefonlarni o'zlashtirgan ayolga jinoyat ishi qo'zg'atildi

Termiz shahrida 2021 yil 26 sentabr kuni shahar IIB huzuridagi tergov bo'limining xabariga ko'ra, Jarqo'rg'on tumanida yashovchi S.Ma'rifat tanishi Sherobod tumani "Zarabog'" mahallasida yashovchi, K.Odildan 2021 yil may oyida, Termiz shahar "Kattabog'" mahallasida joylashgan "Indenim" nomli savdo majmuasi oldida, 56 ta turli rusumdagi jami 176.000.000 (bir yuz etmish olti million) so'mlik uyali telefon apparatlarini, 4 oy davomida har oyda 44.000.000 (qirq to'rt million) so'mdan berib borishni va'da qilib, telefon apparatlarni olib o'zlashtirib ketganligi aniqlangan. 26 sentabr kuni S.Ma'rifatga nisbatdan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech