10 Yanvar 2022 yil 34

Termiz shahrida qidiruvdagi firibgar qo'lga olindi

Termiz shahrida 2021 yil iyun oyida, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, Termiz shahar IIB huzuridagi Tergov bo'limi tomonidan qidiruvda bo'lgan ehtiyot chorasi sifatida "qamoq" qo'llanilgan, shaharning "Ma'rifat" mahallasida yashovchi, S.Suxrob (ism sharif o'zgartirilgan) 2021 yil 19 dekabr kuni viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi va Termiz shahar IIB Jinoyat qidiruv bo'limi xodimlari tomonidan shahar hududida yurganligi aniqlanib ushlangan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech