14 Sentyabr 2021 yil 17

Taqiqlangan ekinlarni etishtirgan shaxsga jinoyat ishi qo'zg'atildi

Denov tumanida 2021 yil 11 avgust kuni viloyat IIB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan "qoradori-2021" keng qamrovli tadbiri davomida, tumanning "Soxibkor" mahallasida yashovchi, X.Naimning yashash uyi va yordamchi xo'jaliklari ko'zdan kechirilganda, eski imorati ichida 3 tup "nasha" o'simligi va 1 dona 1 litrli hajmdagi shisha idishda hamda yonidan 2 dona "spichki" yozuvli gugurt qutisiga qadoqlangan sof vazni 27,76 gramm bo'lgan "marixuna" giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan. 14 avgust kuni X.Naimga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi va 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech