20 Yanvar 2022 yil 228

Surxondaryo viloyatida ijtimoiy tarmoqdagi "Telegram" messenjeri orqali, O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida taqiqlangan, aqidaparstlik g'oyalari bilan yo'g'rilgan materiallarni tarqatish bilan shug'ullanib kelgan shaxs aniqlandi.

2022 yilning 19 yanvar kuni Davlat xavfsizlik xizmati Surxondaryo viloyati bo'yicha boshqarmasi va viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda amalga oshirilgan tezkor tadbir jarayonida, Uzun tumanida yashovchi fuqaro "R.S" tomonidan "Telegram" messenjeri orqali "Arab tili darsi" nomli kanal tashkil qilib, ushbu kanal a'zolariga Arab tilini o'rgatish bahonasida, ularga Abdulloh Zufar va boshqa noma'lum shaxslarning ma'ruzalari va da'vatlarini kanalga joylashtirib, tarqatish va targ'ib qilib kelayotganligi aniqlandi.
Aniqlangan holat protsessual tarzda rasmiylashtirilib olindi. Din ishlari bo'yicha Qo'mitaning ekspertlik xulosasiga ko'ra rasmiylashtirilib olingan materiallar orasida aqidaparastlik g'oyalari bilan yo'g'rilgan ma'ruzalar mavjudligi ma'lum bo'ldi.
Aniqlangan holat bo'yicha, DXX Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech