18 Yanvar 2022 yil 97

Qumqo'rg'onda oilaviy kelishmovchilik janjal bilan yakunlandi

Qumqo'rg'on tumanida 2022 yil 8 yanvar kuni tuman IIB huzuridagi tergov bo'linmasidan tushgan hujjatlarga ko'ra, shu yil 7 yanvar kuni soat 03:00 larda, tumanning "Bog'aro" mahallasida yashovchi, F.Fozil  (ism shariflar o'zgartirilgan) va ukasi F.Jasurlar tumanning "Jiydali" mahallasida yashovchi, Ch.Kamronning yashash uyiga borib, o'rtalaridagi oilaviy kelishmovchilik oqibatida janjal kelib chiqishi sababli F.Fozil, Ch.Kamronni qo'li bilan duch kelgan joylariga urib, tan jarohati yetkazgan. 8 yanvar kuni F.Fozilga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech